Avantage Group

Avantage Group
2023 Veb-sayt

Project

Client Avantage Group
Industry Avantage Group
Duration
16
weeks
Services Veb-sayt

Kompaniyaning tarixi 2009-yilda boshlangan. O‘tgan yillar davomida kompaniya informatsion-tahliliy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya davriy nashr mahsulotlarini chop etdi va IT bozorining tendensiyalarini o‘rgandi. Bundan tashqari, xususiy sektorda tematik tadbirlarni tashkil etish ham biznesining bir qismi hisoblanadi.

Ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilib, mijozlarning ishonchi qozonilgandan so‘ng, kompaniya 2018-yilda to‘laqonli tadbirlar tashkil qiluvchi agentlikka aylandi va yangi AVANTAGE nomi vujudga keldi. AVANTAGE nomi boshqaruv degan ma’noni anglatadi.

Bugungi kunda kompaniyaning qo‘li ostida ko‘plab yuqori darajadagi hukumat loyihalari va xalqaro loyihalar mavjud. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, UZTELECOM, UNICON.UZ kabi davlat muassasalari va DUBAI FOUNDATION, SAP, NOKIA, MICROSOFT, ORACLE, KOBEA, JICA, TREND MICRO va shu kabi xorijiy kompaniyalar ishtirokidagi tadbirlar bu kompaniyaga ishonib topshirildi.

2022-yildan boshlab AVANTAGE premium-klass turistik xizmatlarini tashkil etishni boshladi. Avantage Travel tashkilotchilik tajribasiga tayangan holda sayyohlarga yuqori darajadagi xizmat va unutilmas taassurotlarni taqdim etib kelmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya yana bir yo‘nalish Avantage Graphics yo‘nalishini ham boshladi. Ular turli sohalarda har qanday murakkablikdagi chizmalarni loyihalash bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishishni maqsad qilishgan. Ularning dizayn guruhi me’morlar, dekoratorlar va tadbir tashkilotchilari uchun loyihalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

View project